AsosiySport

Tokio-2020: bugun 11 nafar o`zbekistonlik sportchi o`z omadini sinab ko`rmoqda

'Tokio-2020: bugun 11 nafar o`zbekistonlik sportchi o`z omadini sinab ko`rmoqda'ning rasmi

Nihoyat bugun, ya`ni 24-iyuldan uzoq kutganimiz — Tokio-2020 yozgi Olimpiya o`yinlari rasman boshlandi. Bu haqda Sport va turizm vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

 Musobaqaning ilk kunidanoq vakillarimiz medallar uchun kurashga kirishadi. Bugungi bahslarda O`zbekiston sport delegasiyasining 11 nafar vakili o`z omadini sinab ko`radi. Quyida sportchilarimizning chiqishlari haqidagi ma`lumotlar bilan tanishing:

Soat 04.30 (Toshkent vaqti bilan): Muxtasar Tohirova, o`q otish, 10 m. miltiq;

05.30: Sherzod Mamutov – Yulian Teodosiu (Ruminiya), qilichbozlik, sablya;

07.25: Malika Hakimova – Yiven Sun (Xitoy), qilichbozlik, shpaga;

06.50 Shahboz Xolmirzaev Sobir Safaraliev, akademik eshkak eshish (juftlik);

07.00: Murodjon Xolmurodov, veloshosse bo`yicha 234 km masofaga guruh poygasi;

07.00: Denis Istomin – Sumit Nagal (Hindiston), tennis;

07.00: Sharofiddin Lutfillaev, dzyudo -60 kg;

07.30: Shahnoza Yunusova – Karolina Kosevska (Polsha), boks, ayollar o`rtasida -69 kg;

09.50: Sanjar Tursunov – Abdulxafid Benchabla (Jazoir), boks, erkaklar o`rtasida -91 kg;

15.30: Rasuljon Abdurahimov, sport gimnastikasi, ko`pkurash;

 

 

 

 

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar