Tennisda halollikni ta`minlash xalqaro agentligi (ITIA) 2019 yilda bo`lib o`tgan turnirda kelishilgan o`yinlar bo`yicha o`tkazilgan tergovdan so`ng, o`zbekistonlik ikki tennischi Temur Ismoilov va Amal Sultonbekovning sportdan chetlatilganligini tasdiqladi.
Avvalgi tergovdan so`ng 7 yilga sportdan chetlatilgan Ismoilov endi 21 iyuldan boshlab bir umrga sportdan chetlatildi va qo`shimcha ravishda 14 ming dollar jarimaga tortildi. Sultonbekov besh yilga chetlatilib, 8000 dollar miqdoridagi jarimaga tortilgan.
Qoidabuzarliklar orasida biror kishini o`yin natijasiga ta`sir o`tkazishga undash, o`yin natijasiga ta`sir o`tkazishga rozi bo`lish, o`yin natijasiga ta`sir o`tkazish uchun pul yoki boshqa foyda olish kabi holatlar bor.






