1

Koreya to`plamlarida saqlanayotgan O`zbekistonning nodir buyumlariga bag`ishlangan nashr ustida ish boshlanadi

Madaniyat 24.07.2021, 17:01
Koreya to`plamlarida saqlanayotgan O`zbekistonning nodir buyumlariga bag`ishlangan nashr ustida ish boshlanadi

"O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasining ishchi guruhi O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati boshqaruv a`zosi, Mixo muzeyining maxsus ilmiy xodimi S.V. Laptev rahbarligida Koreyalik muzey xodimlari va olimlarning ko`magi va ishtirokida Koreyada topilgan Markaziy Osiyo bilan bog`liq barcha buyumlarni tizimlashtirish va sharhlash bo`yicha ishlarni boshlamoqda.

Moddiy madaniyat obektlarining dastlabki katalogini tayyorlash bo`yicha ishlar yakunlangan. Markaziy Osiyo bilan bog`liq durdonalarining tasvirlari va annotasiyalari Koreya muzeylarining olimlari tomonidan taqdim etilgan.

Tayyorlanayotgan kitob-albom to`plamiga zargarlik buyumlari, qurol-aslaha, turli xil metall buyumlar, shisha idishlar, toshdan yasalgan haykalchalar, shuningdek Kushon va So`g`d davriga oid boshqa noyob buyumlar kiritiladi. Ayni vaqtda kitob matni ustida ish olib borilmoqda.

Kitobda koreyslarning Markaziy Osiyodagi tarixiy aloqalari haqida so`z boradi. Shuningdek, Buyuk Ipak yo`lidagi aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo`shgan, ko`p millatli O`zbekiston xalqlarining madaniy qayta tiklanishi uchun xizmat qilayotgan ushbu ajoyib mamlakatning madaniyati, san`ati, adabiyoti va tarixi haqida hikoya qilinadi.

"Koreya va Markaziy Osiyo Buyuk Ipak yo`lida" kitob-albomining taqdimoti 2021 yil oxirigacha bo`lib o`tadi.

"O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasining tadqiqot tashabbuslari O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. "Eriell Group" xalqaro neft xizmati kompaniyasi loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berib kelmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1