Joriy yil 17-24 iyul kunlari Litva davlati tomonidan 51-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) o`tkazilayotgani to`g`risida xabar bergan edik.
Unda dunyoning 73 davlatidan 365 nafar ishtirokchilar qatnashdi. 19 iyul kuni olimpiadaning amaliy qismida ishtirokchilar 2 ta topshiriqni bajardi va 21 iyul kuni esa nazariy bosqichda 3 ta masala berildi.
Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada o`zbekistonlik o`quvchilar ham munosib ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko`ra,
Rail Xashaev — Toshkent shahridagi 71-maktab o`quvchisi bronza medalini qo`lga kiritdi.
Madina Xasanjonova — S.Sirojiddinov nomidagi akademik lisey o`quvchisi 4-darajali diplom bilan taqdirlandi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi.
"Darakchi" jamoasi o`quvchilarni, ularga tarbiya va bilim bergan o`qituvchilarini hamda ota-onalarini mazkur g`alaba bilan tabriklaydi!