AsosiySport

Tarixiy g`alaba. 19 yoshli Ulug`bek Rashidov bosniyalik raqibini engib, finalga yo`l oldi

'Tarixiy g`alaba. 19 yoshli Ulug`bek Rashidov bosniyalik raqibini engib, finalga yo`l oldi'ning rasmi

Avvalroq, yosh taekvondochimiz Ulug`bek Rashitov Tokio-2020 Olimpiadasidagi ikkinchi jangini o`tkazgani haqida xabar bergan edik. 

O`zbekistonlik taekvondochi Olimpiada tarixida ilk bor finalga chiqdi. 19 yoshli Ulug`bek Rashidov final yo`llanmasi uchun kechgan bahsda Bosniya va Gersegovina vakili Nedzad Hushichga qarshi dayanga chiqdi.

Ulug`bek birinchi raundni 14:1 hisobida o`z foydasiga hal qildi. O`zbekistonlik sportchi ikkinchi raundni ham faol o`tkazdi va qimmatli ochkolarni o`z hisobiga yozdirib qo`ydi. O`rtacha tempda o`tgan uchinchi raund ham Rashidov foydasiga hal bo`ldi.

Shu tariqa Rashidov 28:5 hisobida g`alaba qozonib, finalga chiqdi. O`zbekiston tarixida ilk bor taekvondochi Olimpiya o`yinlari finaliga chiqdi. 

Finalda Ulug`bek Bredli Sinden va Shuai Jao juftligi g`olibiga qarshi jang qiladi. Final 25-iyul kunining kechki dasturidan o`rin olgan bo`lib, Toshkent vaqti bilan 17:45 dan so`ng start oladi.

Boshqa yangiliklar