2022 yil 1 yanvardan bir qator davlat xizmatlarini ko`rsatilishi uchun undiriladigan to`lovlar kamaytirilmoqda va ayrimlari uchun to`lov bekor bo`lmoqda. Bu Prezidentning «Davlat xizmatlari ko`rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida» Farmonida nazarda tutilgan.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to`lov miqdori avval BHMning 1,2 baravari bo`lsa, endilikda BHMning 1 baravari etib belgilanadi.
Tadbirkorlik sub`ektlariga davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risida yangi namunadagi guvohnoma berish avval Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari bo`lsa, endilikda BHMning 20 foizi miqdorida etib belgilanadi.
Shuningdek, xususiy bandlik agentliklari reestriga kiritish uchun to`lov avval BHMning 1 baravari bo`lsa, endilikda BEPUL etib belgilanadi.
Advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hay`atlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun to`lov avval BHMning 2 baravari miqdorida bo`lgan bo`lsa, endilikda BHMning 1 baravari etib belgilanadi.