AsosiySport

Dilshod Ro`zmetov ham Olimpiadani g`alaba bilan boshladi

'Dilshod Ro`zmetov ham Olimpiadani g`alaba bilan boshladi'ning rasmi

Bokschilarimizning Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari doirasida bugungi g`alabali yurishi davom etadi. Biroz avval Dilshod Ro`zmetov (-81 kg) keyingi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

Hamyurtimiz dastlabki jangni irlandiyalik Emmet Brennanga qarshi o`tkazdi. Ro`zmetovning jang davomidagi ustunligi yakunda hakamlarning ochkolarida ham o`z tasdig`ini topib, vakilimiz musobaqani davom ettiradigan bo`ldi. Xorazmlik bokschimiz nimchorak finalda ozarbayjonlik Alfonso Lorenga qarshi ringga chiqadi.

Boshqa yangiliklar