AQShlik xonanda Madonnaning qo`shnilari uning ustidan N`yu-York shtati ma`muriyatiga arz qilishdi, deb yozadi “Lenta.ru”.
Xonandaning qo`shnilarining aytishicha, Madonna uyi oldiga o`zboshimchalik bilan “to`xtash taqiqlanadi” yo`l belgisini o`rnatib olgan.
Polisiyachilarning aniqlashicha, xonanda rostan ham mazkur belgilarni jamoat joyiga noqonuniy o`rnatgan. Ular Madonnadan belgilarni olib tashlashni so`ragan.
Madonna uyi oldidan o`tuvchi yo`l chetiga “to`xtash taqiqlangan” va “to`xtash faqat shu uyda yashovchilar uchun” kabi belgilar o`rnatgan va hatto sariq tasmalar orqali to`sib ham qo`ygan. Xonandaning vakillari vaziyatga aniqlik kiritmagan.
Madonnaning o`zi esa ayni paytda yangi albomini butun Amerika bo`ylab taqdim etish bilan band. Avvalroq xonandaning muxlislari konsert aytilgan vaqtdan ancha kech boshlanayotganidan shikoyat qilgan edi.





