AsosiyJamiyat

Tez kunlarda ikkita yangi masjid binosi foydalanishga topshiriladi

18 mart kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan xonaqohi 650 o`ringa mo`ljallangan “Jo`rabek” jome masjidining yangi binosi qurilishi uchun birinchi g`isht qo`yildi. 

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligida taniqli ulamolar va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha Qo`mita bo`lim boshlig`i Muhammadbobur Yo`ldoshev hamda faxriy imomlar tabarrukan masjidning birinchi g`ishtini qo`yib berdilar. 

Bugungi kunda “Pul emas ota”, “Yakkasaroy” jome masjidlari eski binosi o`rniga barcha qulayliklarga ega, muhtasham yangi masjidning qurilishi tugallanish arafasida turibdi

Bugun O`zbekistonda 2 mingdan ortiq jome masjidlarda malakali imom-xatiblar faoliyat yuritmoqda.

    Boshqa yangiliklar