Ayni paytda, umra - bu musulmonlar yilning istalgan vaqtida amalga oshirishi mumkin bo`lgan ixtiyoriy ravishda ado etiladigan kichik ziyoratdir.
Ziyoratchilar Makka va Madinadagi muqaddas joylarga boradigan katta va kichik haj marosimlarida faqat koronavirusga qarshi emlanganidan keyin qatnashishlari mumkin bo`ladi.
Saudiya Arabistoni hukumati ziyoratchilarga Makka va Madinadagi muqaddas joylarga boradigan katta va kichik haj marosimlarida qatnashishga faqat koronavirusga qarshi emlanganidan keyingina ruxsat berishga qaror qildi, deb yozadi TASS Ukaz gazetasiga tayanib.
"Hajda qatnashishning asosiy sharti - bu koronavirusga qarshi emlash", - deydi mamlakat sog`liqni saqlash vaziri Taufik al-Rabiya.
Bu yil buyuk haj iyul oyining ikkinchi yarmiga to`g`ri keladi. O`tgan yili pandemiya sababli haj faqat 10 ming kishi ishtirokida bo`lib o`tdi, shulardan 30% saudiyaliklar, 70% mamlakatda yashovchi chet elliklar edi. Chet eldan kelgan ziyoratchilar Hajga qabul qilinmadi.
Risolat MAXSIMOVA tayyorladi






