Yaqin kunlarda “Sputnik V” vaksinasi O`zbekistonda ishlab chiqarilishni boshlaydi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibining o`rinbosari Rashid Nurgaliev xabar bergan.
O`zbekistonda vaksina ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan barcha sharoitlar o`rganilgan, Rossiya tomonidan tegishli audit o`tkazilgan edi. Demak, ushbu tekshiruvlar ularni qanoatlantirgan va tez orada O`zbekistonda “Sputnik V” vaksinasi ommaviy ishlab chiqarilishni boshlashi kutilmoqda.






