AsosiySport

Katta sportni tark etib... Sport yulduzlari o`z kareralarini qanday yakunlashgan?

'Katta sportni tark etib... Sport yulduzlari o`z kareralarini qanday yakunlashgan?'ning rasmi

Oksana Chusovitina — gimnastika  tarixida sakkizta yozgi Olimpiada o`yinlarida ishtirok etgan  sportchi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016 va  2021 yillarda). 2019 yil sentyabr oyida Oksana Parij shahrida o`tkazilgan FIG World Challenge Cup kubogida oltin medal olganida 44 yoshda edi.  

O`shanda Chusovitina Tokio Olimpiadasidan so`ng o`z karerasini tugatishini ma`lum qilgandi. “Bu mening hayotimdagi so`nggi Olimpiada bo`lib qoladi, men katta sportdan ketaman, faol atlet sifatidagi faoliyatimga nuqta qo`yaman” – degan edi Chusovitina, U  2019 yildayoq bundan buyon O`zbekistonda bolalar va o`smirlar sporti rivojiga o`z hayotini baxshida etishini aytib o`tgandi.  

2021 yil 25 iyulda ana shu fursat etib keldi. O`zbek gimnastikachisi tayanch sakrash bo`yicha 16 nafar ishtirokchi orasida 11-o`rinni egallab, 14,166 ball to`plagan. O`z chiqishi so`ngida sportchi qo`lini qo`ksiga qo`yib, unga muxlislik qilgan barcha-barchaga samimiy minnatdorlik bildirgan.

Yulduzlar qanday xayrlashadilar?  

Oksana Chusovitina hamda o`z hayoti davomida  9 bor olimpiadada  ishtirok etayotgan gruziyalik mergan ayol –  Nino Salukvadze haqida so`z yuritarkan, ularni ommabop sport saytlaridan birining  sharhlovchisi “dunyo sahnasini salkam 30 yil avval  tark etgan davlat terma jamoasining “aks-sadosi” deb atagan edi.  

Gruzin sportchisi o`tgan yakshanba kuni 10 metrlik masofadan turib, pnevmatik to`pponchadan o`q otish bo`yicha malaka bahslarida ishtirok etarkan, dunyo tarixida to`qqizda olimpiada ishtirok etgan ayol maqomini egalladi.  

Qolaversa, 52 yoshli  Salukvadze ko`rish qobiliyatida muammolar yuzaga kelgani, shu bois o`rinchi yubiley Olimpiada qatnasha olmasligini bildirgan.  

“Tokiodan so`ng kareramni tugataman. Chunki endi qiyin. Ruhan, jismonan, texnik jihatdan tayyorman, ammo ko`zlarim oldingidek o`tkir emas. Korpusni tutib turolmayman, operasiya qildirdim, hozir chap ko`zim bilan nishonga olyapman. Tig` ostida ham yotib chiqdim. Kundalik hayotim uchun keragi bo`lmasa ham, o`q otish uchun operasiya taklif qilishdi. Aslida ko`rishim yomonmas. Lekin, bir yildan beri chap ko`zim bilan nishonga olyapman. Men uchun qiyin!” – dedi  Nino RIA Novosti muxbiriga bergan intervyusida.  

Olimpiya bahslarining nihoyasi har qanaqasiga karerani tugatish uchun eng qulay futsat.  

Minoradan sinxron sakrash bo`yicha Olimpiada bronza medali sohibi Viktor Minibaev Tokio-2020 o`yinlaridan so`ng sportdagi faoliyatini yakunlashni ma`lum qilgan edi.  

2016 yilda butun dunyo sport muxislari Rioda o`tgan Olimpiadada kutilmagan matbuot anjumanida sportdan ketishini ma`lum qilgan  mashhur amerikalik g`avvos Maykl  Felps bilan xayrlashishgan edi.  

«Men basseynga kirganimda, hammasi uchun hisob-kitob qilishim kerakligini tushundim. Oxirgi marta mashg`ulotlarni bajarayotganimni, suzish kiyimini kiyganimni va minglab muxlislarim qarshisida turganimni tushundim” dedi sport tarixida yagona – 23 karra olimpiada chempioni. U to`qqizta oltin medalni estafetalar asnosida qo`lga kiritgan. Amerikalik ushbu sportchining hisobida jami Olimpiya o`yinlarining 27 ta medali bor. U Olimpiada o`yinlarida 2000, 2004, 2008, 2012 yillarda ishtirok etgan.

Bir necha yil  yil ilgari Sochida o`tkazilgan qishki Olimpiada italiyalik chang`ichi, Olimpiada o`yinlarida ikkita oltin, bitta kumush, uchta bronza  jami oltita medalni qo`lga kiritgan   Armin Soggeler o`z muxlislari bilan xayrlashgan edi.  

«O`ylaymanki, bu mening so`nggi bahsim. Bugun kareramni tamomlash uchun ajoyib fursat” degan edi 40  yoshli Soggeler. U Sochida yakkalik bahslarida kumush medalni qo`lga kiritgan edi. Shuningdek, “Lillexammer-1994” va “Vankuver-2010”da bronza, “Nagano-1998,”da kumush, “Solt-Leyk-Siti-2002” va “Turin-2006”da mutloq chempion bo`lgan.

2014 yilda rossiyalik figurist, ayni paytda murabbiylik qilayotgan  — Evgeniy Plyushenko ham katta sport bilan xayrlashganini ma`lum qildi: u  2002 yilgi Olimpiadada kumush medalni qo`lga kiritgan bo`lsa, 2006 yilda chempion bo`lgan, 2010 yilda yana olimpiada chempioni bo`lgan, 2014 yilda guruh bahslarida olimpiada chempioni sharafini qo`lga kiritgan.  

Sochi olimpiadasida Plyushenko Rossiyaning yagona vakili sifatida ishtirok etgandi.

Boshqa yangiliklar