AsosiyDunyo

Bryusselda o`tkazilgan maxsus tadbir paytida 6 kishi hibsga olindi

Bryusselda 24 mart kuni keng miqyosda o`tkazilgan antiterrorchilik aksiyasi paytida 6 kishi hibsga olingan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

“Portlashdan bir necha daqiqa keyin yaradorlar ingranar, atrof qonga botgandi”, deb eslaydi Bryusseldagi terakt guvohlari.  Jette va Skarbek tumanlarida o`tkazilgan maxsus operasiyada maxsus xizmatning barcha harbiy kuchlari, vertolyotlari ishtirok etdi. Qo`lga olingan gumondorlarning necha kun qamoqda saqlanishi bugun, 25 mart kuni ma`lum bo`ladi.

Xabarlarga ko`ra, uch nafar gumondor Bryussel markazida, Federal prokuratura binosi yonida, qolganlari esa Jette tumanida qo`lga olingan.

22 mart kuni Bryussel shahrida sodir etilgan teraktlar oqibatida 31 kishi halok bo`lgan, 300 dan ortiq odam yaralangan. Belgiyada uch kunlik motam e`lon qilingan.

    Boshqa yangiliklar