AsosiySport

O`zbekiston futzal jamoasi Tailanddagi xalqaro turnirda yarimfinalga chiqdi

'O`zbekiston futzal jamoasi Tailanddagi xalqaro turnirda yarimfinalga chiqdi'ning rasmi

Tailandda 8 jamoa ishtirokida futzal bo`yicha xalqaro turnir bo`lib o`tmoqda. Bugun, 27 iyul kuni guruh bosqichi bahslari yakunlandi va guruhlardan ikkitadan jamoa yarimfinalga yo`l oldi.

O`zbekiston milliy jamoasi A guruhida Tailand, Kosovo va Mozambik bilan o`yin o`tkazdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari Kosovoni 6:3, Mozambikni 10:0 hisobida engishdi. So`nggi turda esa oxirgi daqiqalarda o`tkazib yuborilgan gollar evaziga mezbonlarga 3:4 hisobida yutqazishdi va guruhdan 2-o`rin bilan keyingi bosqichga chiqishdi. 

O`zbekiston milliy jamoasi yarimfinalda 29 iyul kuni V guruhi g`olibi Eron bilan bahs yuritadi. Tailand esa Misrni sinovdan o`tkazadi.

«Continental» xalqaro turniri. A guruhi
1-tur. 25 iyul
O`zbekiston — Kosovo 6:3
Gollar: Davron Choriev (1, 2, 37), Dilshod Rahmatov (18), Ixtiyor Ropiev (22), Xushnur Erkinov (36) — Salihu (6), Dervishaj (8, 17).

Tailand — Mozambik 6:4

2-tur.  26 iyul
Mozambik — O`zbekiston 0:10
Gollar: Ilhom Hamroev (9), Akbar Usmonov (13, 21), Anasxon Rahmatov (21), Ixtiyor Ropiev (25, 39), Elbek To`lqinov (29), Xushnur Erkinov (29), Dilshod Rahmatov (33), Muzaffar Ahadjonov (35).

Kosovo — Tailand 6:6

3-tur. 27 iyul
Tailand — O`zbekiston 4:3
Gollar: Suphavut (11, 26), Jetsada (26), Vorasak (40) — Jetsada (4, avtogol), Husniddin Nishonov (19), Davron Choriev (28).

Mozambik — Kosovo 2:1

    Boshqa yangiliklar