AsosiySport

Tokio-2020: Davlat Bobonov yarim final ostonasi to`xtadi, ammo bronza uchun imkoniyat bor

'Tokio-2020: Davlat Bobonov yarim final ostonasi to`xtadi, ammo bronza uchun imkoniyat bor'ning rasmi

XXXII  yozgi Olimpiya o`yinlarining dzyudo musobaqalarida erkaklar o`rtasida -90 kg vazn toifasida barcha yarim finalchilar nomi ma`lum bo`ldi. Afsuski, hamyurtimiz Davlat Bobonov chorak finalda gruziyalik Lasha Bekauriga ippon bahosi bilan imkoniyatni boy berdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Shunga qaramay hamyurtimizda bronza medali uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Buning uchuni u avvaliga yana bir gruzin millatiga mansub polvon, hozirda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Nikoloz Sherazadishvilidan ustun kelishi, keyin esa yarim final omadsizini mag`lub etishi lozim.

Shunday ekan, Bobonovga keyingi bahslarda omad tilaymiz.

    Boshqa yangiliklar