AsosiyDunyo

Do`sti bilan qahvaxonaga borgan britaniyalik fuqaro Ispaniyada uyg`ondi

Britaniyaning Chelmsford shahrida yashovchi Aleks Keviel do`sti bilan mahalliy qahvaxonalardan biriga bordi. Ertalab ko`zini ochganida esa u Ispaniyada edi, deb xabar beradi “Vesti” nashri.

Erta tongda uyg`ongan Keviel ko`zlariga ishonmasdi: U Ispaniyaning Barselona shag`riga kelib qolgandi.

 "Men piyanista emasman. Ammo shu kuni sal ko`proq ichib yuboribman, shekilli. Do`stim bilan barga kelib, shampan vinosi buyurtma qildik. U shu darajada dahshatli ediki”,—deydi Keviel.

Birozdan so`ng Kevielning do`sti uni ko`zdan qochiradi, shu payt u ko`chaga egulik sotib olish uchun chiqib ketadi. Shunda u yo`lda aeroportga ketayotgan avtobusni ko`rib qoladi.

“Qaniydi, men ham aeroportga borib, qayoqqadir uchib ketsam”,—deb o`ylaydi Keviel.

Uning bu niyati amalga oshadi. U mast holda Barselonaga chipta sotib olgan. 

Aeroport xodimlari mast kishiga qanday qilib chipta sotgani jumboqligicha qolmoqda. Ertalab Keviel otasiga Ispaniyadan qo`ng`iroq qiladi va bo`lgan voqeani aytib beradi. Uning otasi o`g`lining so`zlaridan miriqib kuladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar