Bahodir Jalolov ozarbayjonlik raqibini engib, keyingi bosqichga chiqdi, deya xabar bermoqda Turizm va sport vazirlishi Axborot xizmati.
Ma`ulm qilinishicha, bugun, boks bo`yicha Olimpiya o`yinlarining super og`ir vazn toifasida hamyurtimiz Bahodir Jalolov o`z yurishini boshladi. Unga dastlabki jangda ozarbayjonlik bokschi raqib bo`ldi.
1- raundda natija to`laligicha hamyurtimiz tomoniga hal bo`ldi.
2-raundda ham huddi shu holat takrorlandi.
Murosasiz kechgan so`nggi raund ham to`laligicha Jalolovga tegishli edi.
Shunday qilib, super og`ir vazndagilar o`rtasidagi jangda keyingi bosqichga hamyurtimiz chiqadigan bo`ldi.






