Bugun Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarida bahslarga terma jamoamiz bayroqdori Bahodir Jalolov ham qo`shildi.
U o`zining olimpiadadagi dastlabki jangini ozarbayjonlik Muhammad Abdullaevga qarshi o`tkazib, raqibini 5:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Hamyurtimizning chorak finaldagi raqibi hindistonlik Satish Kumar bo`ladi. Mazkur jang 1-avgust kuni Toshkent vaqti bilan taxminan soat 09:05larda boshlanadi.






