AsosiyDunyo

Ijtimoiy tarmoqlardan muntazam foydalanish depressiyani keltirib chiqaradi

Psixologlarning ta`kidlashicha, foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlar, jumladan Facebook va Twitter`da qancha ko`p vaqt o`tkazishsa, ularda tushkun kayfiyatga moyillik xavfi shuncha oshadi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

AQShning Pittsburg universiteti psixologlari shunday xulosaga kelish uchun 19 dan 32 yoshgacha bo`lgan 1,8 ming nafar amerikaliklar o`rtasida so`rovnoma o`tkazishdi.

Asosiy vaqtini Facebook va Twitter`da o`tkazadigan yoshlar jizzakilik, tushkunlikka ushbu ijtimoiy tarmoqlardan nisbatan kamroq foydalanadigan yoshlarga qaraganda 2,7 marta ko`proq moyil bo`ladi.

Olimlarning aniqlashicha, foydalanuvchilar YouTube, Instagram, Snapchat, Reddit va Tumblr kabi saytlarga bir kunda 61 daqiqa vaqtini sarflaydi. Bu esa haftasiga shu saytlardan 30 marta foydalanadi degani. So`rovnomada qatnashganlarning 25 foizida depressiya alomatlari kuzatilgan. 

Tadqiqotchilar ayrim foydalanuvchilar depressiyani engish uchun ham ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilishini ta`kidlashmoqda. Ular ijtimoiy tarmoqlardan o`ziga kerakli ruhiy ko`makni ololmasa, tushkun kayfiyat yanada kuchayishi mumkin.

Boshqa yangiliklar