MVXda bo`lib o`tgan brifing chog`ida Qozog`iston sog`liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy jurnalistlar bergan savolga oydinlik kiritdi.
“Biz Jambil viloyatida ishlab chiqarish inshootlari faoliyatini yo`lga qo`ydik. Hozirga kelib esa 600 mingga yaqin vaksina ishlab chiqarilgan qolgan qismi esa omborxonalarda saqlanmoqda”, — deydi vazir.
Tsoy zavod ishga tushirilganini tasdiqladi. Uning aytishicha, zavodga GMP sertifikati berilgan.






