Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 195 million 266 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 180 mingdan ziyod kishi vafot etgan (28.07.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 18:10 holatiga ko`ra). Bu haqda SSV ma`lum qildi.
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 614 012 yangi holati aniqlandi.
4 180 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (29.07.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 13:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 195 million 977 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 187 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 34,391 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi o`rinda Hindiston (31,484 milliondan ortiq),
uchinchi o`rinda Braziliya (19,707 milliondan ortiq),
to`rtinchi o`rinda Rossiya (6,195 milliondan ortiq),🇫🇷beshinchi o`rinda esa Fransiya (5,900 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 135 158, Hindistonda 43 654, Braziliyada 18 999, Rossiyada 22 420, Fransiyada 24 127 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 3 milliard 970 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.






