Turkiyaning kurort hududlari yaqinida o`rmon yong`inlari davom etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Rossiyaning "Novosti" axborot agentligi CNN Turk telekanali ma`lumotiga tayanib xabar berishicha, bugun Turkiyada kurort hududlarida uchta yangi o`rmon yong`ini qayd etilgan. “Bodrum yaqinidagi Guverjinlik, Oydin viloyatining Didime va Alaniyaning Enikyoy aholi punktlarida yong`in bo`lmoqda. Ushbu hududlarga qutqaruvchilar va o`t o`chiruvchilar etib kelgan, - deb aniqlik kiritmoqda “Novosti” agentligi. - Avvalroq Marmarisda mahalliy aholi va sayyohlarning evakuasiyasi haqida xabar berilgan edi”.
O`zbekiston elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, yong`inda halok bo`lganlar va jabr ko`rganlar orasida O`zbekiston fuqarolari yo`q.






