AsosiyDunyo

Angela Merkel bilan selfiga tushgan yigitning shaxsi aniqlandi

Germaniya kansleri Angela Merkel bilan selfiga tushgan yosh yigit hamma o`ylagandek hudkush-terrorchi emasligi ma`lum bo`ldi, deb xabar beradi “Vesti” Germaniya OAVlariga asoslanib.

Avvalroq Germaniya kansleri Bryussel teraktlarini sodir etgan hudkushlardan biri bilan suratga tushgani haqida xabar berilgan edi.

Ammo bu suratdagi yigit 18 yoshli suriyalik fuqaro Anas Mondamani bo`lib chiqdi.

U Berlinda yashaydi. Anasning shaxsini berlinliklar ham tasdiqlagan. Shunday qilib, tushunmovchilik ijobiy hal bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, Belgiya poytaxtida 22 mart kuni bir nechta terrorchilik harakatlari sodir etildi. Mazkur qo`poruvchilik harakatlari oqibatida 31 kishi halok bo`ldi. Teraktlarga javobgarlikni DAISh o`z zimmasiga oldi.

 

 

 

 

Boshqa yangiliklar