Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dasturchilari “English for pupil” elektron darsligini yaratishdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining matbuot xizmati xabar beradi.
Ushbu dastur maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang`ich sinf o`quvchilarini ingliz tiliga interaktiv o`qitish uchun mo`ljallangan. Darslikda inglizcha-o`zbekcha va o`zbekcha-inglizcha lug`atlar va qiziqarli test savollari yordamida o`quvchilarga ingliz tilini interaktiv o`qitish, ingliz tili grammatikasini va tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish, ingliz tilida gap tuzish, o`zbek tilidan bevosita ingliz tiliga tarjima qilish uchun tayyor formulalar mavjud.
Ushbu elektron darslik uchun mualliflar Xaydarova Marxamat va Xoshimov Jamshidga № DGU 03483 raqamli guvohnoma berildi.
Ma`lumot uchun, avvalroq Intellektual mulku agentligi paxta terish apparatiga patent bergani haqida xabar bergan edik.





