Turkiya davlatining Anqara shahrida xizmat safari bilan bo`lib turgan o`zbek delegasiyasi yangidan barpo etilgan Prezident simfonik konsert saroyining asosiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Delegasiya a`zolari eng so`nggi zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan mazkur saroy hududida joylashgan savdo do`konlari, ovqatlanish va hordiq chiqarish maskanlarida tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko`zdan kechirdi.
Shuningdek, Simfonik saroyda joylashgan konsert zallarida yuqori mahorat bilan joylashtirilgan okustika jihozlari, chiroq ustalarining ish tajribasi, muzeyda saqlanayotgan eksponatlar katta qiziqish bilan kuzatildi.
Bundan tashqari, mazkur saroy tasarrufidagi 6ta badiiy-ijodiy jamoalar, xususan, prezident simfonik orkestri, Turk xalq raqs jamoasi, Turk xalq cholg`ulari orkestrlarining faoliyati o`rganilib, muhim ma`lumotlar qayd etib qo`yildi.
Shundan so`ng, o`zbek delegasiyasi hamda Simfonik saroy rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muzokara davomida har ikki davlatning madaniy sohasi rivojiga xizmat qiladigan bir qator loyihalar muhokama etilib, muhim ikkita loyihani amalga oshirish borasida kelishib olindi.