AsosiySport

«Navbahor» braziliyalik legioner bilan 2 yillik kelishuv imzoladi

'«Navbahor» braziliyalik legioner bilan 2 yillik kelishuv imzoladi'ning rasmi

«Navbahor» 8 futbolchi bilan xayrlashdi, 5 o`yinchi bilan shartnoma tuzdi. Klub braziliyalik legioner bilan 2 yillik kelishuv imzoladi.

Mavsum oldidan tarkibda katta o`zgarishlarga qo`l urganiga qaramay, Viktor Jalilov jamoasi Superliga 1-davrasini muvaffaqiyatsiz o`tkazgach, yozgi transfer oynasida jamoa safida navbatdagi o`zgarishlar kuzatildi.

«Navbahor» quyidagi futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalarni ro`yxatdan o`tkazdi:  

  1. Ibrohim G`anixonov (Lokomotiv) — yil oxirigacha ijara  
  2. Boyan Siger (Serbiya) — 2021 yil oxirigacha
  3. Boyan Naydenov (Bolgariya) — 2021 yil oxirigacha  
  4. Ilhomjon Alijonov (Yangier) — 2022 yil oxirigacha  
  5. Kosta Tenerio Guttiner (Braziliya) — 2023 yil oxirigacha.

Quyidagi futbolchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi:

  1. Nikola Tasich
  2. Slavisha Stoyanovich
  3. Bahromjon Turg`unpo`latov
  4. Bahrom Abdurahimov  
  5. Marko Putinchanin.

«Shuningdek, «Navbahor» Sherzod G`ulomjonov, Ilhom Aliboev, Farhod Mirahmatov kabi futbolchilarni vaqtincha ro`yxatdan chiqardi», - deya yozdi PFL rasmiy sayti.

    Boshqa yangiliklar