AsosiySport

Tokio-2020: Yunon-rum kurashi bellashuvlarga qur`a tashlandi

'Tokio-2020: Yunon-rum kurashi bellashuvlarga qur`a tashlandi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ertaga Tokio-2020 yozgi Olimpiya o`yinlari doirasida sport kurashlari musobaqasiga start beriladi. Bugun, 31 iyul kuni yunon-rum kurashi bo`yicha -60 va -130 kg vazn toifalaridagi bellashuvlarga qur`a tashlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

1 avgust kuni yunon-rum kurashida aynan shu vazn toifalarida saralash bahslari bo`lib o`tadi. -60 kg vaznda Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Elmurat Tasmuradov, -130 kg vaznda esa o`zining uchinchi Olimpiya o`yinlariga tayyorgarlik ko`rayotgan Mo`minjon Abdullaev yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Qur`a natijasiga ko`ra, Tasmuradov 1/8 finalda asli Olmaliqda tug`ilgan, hozirda Ukraina sharafini himoya qilayotgan, jahon chempionatining bronza medali sovrindori 32 yoshli Lenur Temirovga qarshi gilamga chiqadi. Ushbu juftlik g`olibi 1/4 finalda armanistonlik Armen Melikyan va eronlik Nejati bellashuvi g`olibi bilan to`qnash keladi.

Osiyo o`yinlari g`olibi Mo`minjon Abdullaev esa 1/8 finalda estoniyalik 24 yoshli Artur Vititin bilan bellashadi. Abdullaev g`alaba qozongan taqdirda chorak finalda chililik Akosta Farna yoki tunislik Guennichiga qarshi bahs olib boradi.

    Boshqa yangiliklar