Forbes nashri mediamagnat Mixail Guserievni 2015 yil yakunlariga ko`ra, Rossiyadagi eng badavlat fuqaro deb e`lon qilgan. Uning oilasi o`tgan yili 4,85 milliard dollar daromadga egalik qilgan. U o`g`li Saidning to`yiga dunyoning eng taniqli san`atkorlarini taklif qildi va ularga 3 million evro miqdorida haq to`ladi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” nashri xabar bermoqda.

Said va uning rafiqasi Xadichaning to`ylari 26 mart kuni Moskva shahridagi “Safisa” restoranida bo`lib o`tdi. To`yga taklif qilingan eng “qimmat” xonanda bu jahon estrada yulduzi Sting bo`ldi. U xizmat haqi uchun 1,5 million evro oldi. Jennifer Lopes million, Enrike Iglesias 500 ming, Alla Pugacheva 300 ming evro evaziga xizmat qildi. Aytish joizki, odatda bu san`atkorlar to`ylarga bundanda qimmatroqqa kelishadi, ammo bu to`yga ko`plab xonandalar tashrif buyurgani uchun ular kamroq qo`shiq kuylagan. Shuning hisobiga nisbatan arzonroq narxga rozi bo`lishgan.

To`yning ikkinchi kuni London shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur marosimda esa jahon yulduzlari Elton Jon va Beyons ishtirok etishi aytilmoqda.

Aytish kerakki, restoranni erta tongdan qurollangan qo`riqlash xizmati vakillari o`rab olgan.
Kelin Xadichaning Ellie Saab muallifligidagi ko`ylagini Fransiyadan keltirishdi. Ko`ylak juda og`ir ya`ni 25 kilogramm bo`lgani uchun kelinga harakatlanishida yana bir necha kishi yordam bergan. Endigina 20 yoshni qarshi olayotgan Xadicha asli Ingushetiyalik bo`lib, badavlat oila o`g`li Said uchun to`rt yil mobaynida kelin izlagan. Vanihoyat Xadicha mazkur oilaga loyiq ko`rilgan.

To`yga o`rtacha 600 kishi tashrif buyurgan. Mehmonlarni milliarder Mixail Guserievning shaxsan o`zi kutib olgan va ularni kuzatish chog`ida har bir mehmonga sovg`a-salom berilgan.

To`yga kelgan mehmonlar kavkaz milliy taomlari bilan siylandi. To`y so`nggida esa desert ya`ni ikki metr keladigan tort ularga tortiq etildi.






