AsosiySport

"Tokio-2020": Bahodir Jalolov yarim finalga yo`l olib, Olimpiada medalini naqd qildi

'"Tokio-2020": Bahodir Jalolov yarim finalga yo`l olib, Olimpiada medalini naqd qildi'ning rasmi

Sportchimiz "Tokio-2020" Olimpiya o`yinlarining boks dasturida dastlabki medalini naqd qilib qo`ydi. Bu medalni Bahodir Jalolov jamoamiz hisobiga keltirmoqda.

Hindistonlik Satish Kumarga qarshi kechgan jangda Jalolov yaqqol ustunlik bilan g`alaba qozonib, yarim finalga yo`l oldi. Boks bellashuvlarida yarim finalda imkoniyatni boy bergan sportchi bronza medali bilan taqdirlanadi.

Endi Jalolov final yo`llanmasi uchun buyuk britaniyalik Freyzer Klark va fransiyalik Murod Aliev o`rtasidagi jang g`olibiga qarshi ringga ko`tariladi.

    Boshqa yangiliklar