Turkiya hukumati mamlakat janubida sodir bo`lgan yong`inlarda ayblanuvchi bir kishini hibsga oldi. Bu haqda Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`an Marmarisdagi matbuot anjumanida aytib o`tdi, deb xabar beradi RBK.
“Milasdagi yong`inda bir kishi hibsga olindi. Aytganimdek, terrorchilik tashkilotlari rahbarlari o`rmonlarni yoqish bo`yicha ko`rsatma berganidan keyin mamlakatda o`rmon yong`inlari maydoni ikki barobarga oshdi. Hozirgi yong`inlarning bir qismi aynan shu buyruqlar ostida sodir bo`lganini istisno qilmaymiz. Bizning burchimiz - o`rmonlarni va o`pkamizni yoqib yuborganlarni topish ", dedi davlat rahbari.
Avvalroq, Erdo`g`on yong`inlarni tergov qilganda, o`t qo`yish versiyasi istisno qilinmasligini aytgan edi. "Biz yong`in sabablarini sinchkovlik bilan o`rganmoqdamiz. Agar o`z vatanini yondirishga qodir xoinlar bo`lsa, ular eng og`ir jazoga tortiladi ”, - degan edi u.






