Avvalroq, sportchimiz "Tokio-2020" Olimpiya o`yinlarining boks dasturida dastlabki medalini naqd qilib qo`ygani haqida xabar bergan edik.
XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarining boks musobaqalarida yarim finalga yo`l olgan ilk bokschimiz Bahodir Jalolov final yo`llanmasi uchun Buyuk Britaniya terma jamoasi a`zosi Freyzer Klark bilan kuch sinashadi.
Klark chorakfinalda Fransiya terma jamoasi a`zosi Murod Alievga qarshi ringga ko`tarildi va mazkur jang 2-raundda to`xtatilib, g`alaba Freyzerga taqdim etildi. Vaholanki, 1-raunddan keyin Aliev 3-2 hisobida oldinda borayotgan edi.
Bahodirning bo`lajak raqibiga to`xtaladigan bo`lsak, u 1991 yil 7 avgustda Britaniyaning Barton provinsiyasida tug`ilgan. Eng yorqin g`alabalariga 2019 yilgi JChda chorak finalga etib borgani hamda 2017 yili Ukrainada o`tkazilgan Evropa chempionati finalchisi bo`lganligini ta`kidlash mumkin.
Umid qilamizki, Bahodir yarim finalda ham g`alaba qozonadi va yakunda O`zbekistonga oltin medal taqdim etadi.
Darvoqe, Bahodir Jalolov va Freyzer Klark o`rtasidagi jang 4 avgust kuni o`tkaziladi






