Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda vazir o`rinbosari Shahlo Turdiqulova AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida vaksina qabul qilish insonning farzand ko`rish qobiliyatiga umuman ta`sir o`tkazmasligini ma`lum qildi.
Bugungi kunda koronavirusga qarshi emlangandan keyin homilador bo`lgan ayollar bor va ularning ahvoli muntazam nazorat qilib borilmoqda.
Dastlabki emlash bosqichlaridan buyon 7-8 oy vaqt o`tdi va shu davr mobaynida birorta ayolda nojo`ya ta`sir kuzatilmagan.
Eng muhimi — vaksina olgani ularning homilador bo`lishiga hech qanday to`sqinlik ko`rsatmagan».