"Barselona" hujumchi Lionel Messi bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi.
Diario Sport xabariga ko`ra, 34 yoshli argentinalikning yangi shartnomasi 2026 yilgacha uzaytirildi. Ammo futbolchining maoshi 50 foizga kamayadi.
Shartnomaning uzaytirilishi yaqin kunlarda rasman e`lon qilinishi kutilmoqda. Tomonlar bir necha soat oldin muzokaralarni yakunladilar.
Messining shartnomasini yakunlash uchun "Barsa" jamoaning oylik maoshini kamaytirishi kerak. Buning uchun Jerar Pike, Sergi Buskets, Xordi Alba va Sergi Roberto bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Samuel Umtiti, Miralem Pyanich va Martin Braytveytning transferlari ham vaziyatni hal qilishga yordam beradi.






