O`zbekiston va Afg`oniston madaniy merosiga bag`ishlangan nashrni tayyorlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Elektron ommaviy axborot vositalari assosiasiyasi ma`lum qildi.
Ma`lumki, Afg`oniston hududida insoniyat tarixidagi eng katta va qimmatbaho xazinalardan biri - Kushon oltinlari topilgan. Bugungi kunda xazina Milliy muzey to`plamida saqlanmoqda.
O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyati doktor Rahimiy bilan bo`lib o`tadigan muzokaralar davomida Afg`oniston va O`zbekistonning umumiy madaniy merosi bo`lgan topilmalarga bag`ishlangan kitob-albom nashr etish to`g`risida kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda.
Bugungi kunda Kushon oltinlari Qobul milliy muzeyida saqlanmoqda, hozirda biz sobiq ulug`vor Kushon podsholigi hududida joylashgan davlatlarni birlashtirgan bebaho xazinalar to`plamini tadqiq qilish imkoniyatiga egamiz.
Qobul milliy muzeyi direktori doktor Muhammad Fahim Rahimiy 2021-yil sentyabr oyida bo`lib o`tadigan O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyatining V yubiley Kongressida ishtirok etishi kutilmoqda.
"O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqot tashabbuslari O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. Loyihalar Eriell Group xalqaro neft servis kompaniyasi ko`magida amalga oshirimoqda.






