AsosiySport

Tokio-2020: Ruslan Qurbonov uchun Olimpiada tugadi, bugun yana 5 nafar sportchimizning chiqishi bor

'Tokio-2020: Ruslan Qurbonov uchun Olimpiada tugadi, bugun yana 5 nafar sportchimizning chiqishi bor'ning rasmi

Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarining 12-kunida o`zbekistonlik 6 nafar sportchi bahslarga kirishi belgilangan edi.

Hozirgina ularning dastlabkisi o`z chiqishini yakunladi, deya xabar qildi Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati.

Engil atletika musobaqalarining erkaklar o`rtasidagi uch hatlab sakrash bahslarida terma jamoamiz a`zosi Ruslan Qurbonov omadsizlikka uchradi va Olimpiada o`yinlari bilan xayrlashdi.

Oldinda bizni uch nafar bokschimiz, ya`ni Shahobiddin Zoirov, Elnur Abduraimov va Rayhona Qodirovalarning chorak final janglari, yunon-rum kurashi bo`yicha -87 kg vazn toifasida Rustam Assakalov hamda og`ir atletika bo`yicha -109 kg vazn toifasida Akbar Jo`raevlarning chiqishlari kutib turibdi.

 

    Boshqa yangiliklar