Boks bo`yicha Rio-2016 g`olibi, jahon chempioni, hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov ham Tokio-2020 Olimpiadasidagi yurishini to`xtatdi, u chorak finalda filippinlik Karlo Palamga imkoniyatni boy berdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda
Jangning 2-raundi o`tib borayotgan bir vaqtda bahs to`xtatildi, chunki bu paytga kelib hamyurtimiz jarohat olgandi va shu sababli shifokorlar jangni davom ettirishga ruxsat berishmadi.
Bunday vaziyatlarda qoidaga ko`ra o`sha paytgacha olingan ochkolar hisob-kitob qilinadi. Afsuski, bu borada ustunlik filippinlik bokschi tomonida edi va shu tariqa nomdor sportchimiz ham musobaqadagi ishtirokini yakunladi.






