XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarining yunon-rum kurashi bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Rustam Assakalovning chorak final bellashuvi yakuniga etdi.
Yarim final yo`llanmasi uchun kechgan bahsda tajribali sportchimizga xorvatiyalik Ivan Xuklek raqib bo`ldi.
24 yoshli Ivan Xuklekning jahon chempionatlaridagi eng yuqori natijasi 8-o`rin (2019 yil, Nur-Sulton) bo`lib, Evropa chempionatida esa 15-o`rinni egallagan.
Shunga qaramay, tajriba va yoshlik shijoati qarama-qarshiligida afsuski ikkinchi tomon ustunlik qildi. Xuklek 4-1 hisobida g`alabaga erishib, yarim finalga yo`l oldi. Endi uning finalga chiqishi uchun muxlislik qilamiz. O`shanda Assakalovda bronza uchun imkoniyat tug`iladi.






