AsosiyDunyo

Olimlar barcha millat vakillari uchun birdek tushunarli yuz ifodasini aniqladi

Amerikalik olimlar tili va madaniyatidan qat`iy nazar barcha insonlarga birdek tushunarli bo`lgan yuz ifodasi qanday bo`lishini aniqladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Bu yuz ifodasi “Yo`q, men noroziman” kabi hissiyotlarni bildiradi. Ogayo universiteti olimlari tomonidan o`tkazilgan mazkur tadqiqot Cognition jurnalida e`lon qilingan. 

“Kayfiyatsiz qiyofa”. Olimlar bu yuz ifodasini aynan shunday nomladi. U biroz ko`tarilgan qoshlar, qimtilgan lablar va oldingan siljigan iyakni ifodalaydi.  Olimlarning aytishicha, insonning bu yuz ifodasini ingliz, ispan, xitoy va hatto ko`r-soqovlar ham tushunadi.

Amerikalik lingvistlar guruhi, shuningdek,er yuzidagi barcha tillarga birdek taalluqli universal xususiyatni aniqlashga urinmoqda.  Ularning taxmin qilishicha, tillardagi negativ jihatlarni aniqlash ancha oson. Chunki insonning jahlini ifodalash hissi til paydo bo`lmasidan oldin yuzaga kelgan.

Tadqiqotchilar mazkur nazariyani isbotlash uchun turli milldat vakillaridan iborat 158 nafar talaba ishtirokida sinov o`tkazdi. Ularning qarshisiga kamera qo`yildi va suhbat o`tkazildi. Ma`lum bo`lishicha, insonlarning jahl va norozilikni ifodalash usuli tili va madaniyatidan qat`iy nazar bir xil ekan.

    Boshqa yangiliklar