Turkiyaning janubiy-sharqida joylashgan Mardin provinsiyasi Nusaybin shahrida yuz bergan portlash oqibatida ikki nafar harbiy halok bo`ldi, besh nafari yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Portlashni mamlakat hududida taqiqlangan harakat Kurdiston ishchi partiyasi a`zolari sodir etdi.
“27 mart Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi a`zolari qo`ldan yasalgan portlovchi moslamani turk harbiylari joylashgan bino yaqinida portlatib yuborgan”,—deyiladi xabarda.





