AsosiySport

Akbar Jo`raev Olimpiya o`yinlarining oltin medalini qabul qilib oldi(video)

'Akbar Jo`raev Olimpiya o`yinlarining oltin medalini qabul qilib oldi(video)'ning rasmi

Avvalroq, 109 kg vazn toifasidagi sportchilar bahsida ishtirok etgan Akbar Jo`raev yakunda Olimpiya o`yinlarining oltin medaliga sazovor bo`lgani haqida xabar bergan edik. 

O`zbekistonlik sportchi o`zining oltin medalini qabul qilib oldi. Tokioda ikkinchi bor O`zbekiston bayrog`i baland ko`tarilib, madhiya yangradi.

Buning sababchisi esa 21 yoshli olimpiada rekordchisi — Akbar Jo`raev!

Akbar Jo`raev Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida tug`ilgan. Tuman hokimligining Axborot xizmati uning oila a`zolari bilan uchrashdi.

Eslatib o`tamiz, Olimpiya o`yinlari davom etmoqda. 

    Boshqa yangiliklar