Olimpiya o`yinlarida bugundan baydarka va kanoechilar ham bahslarga kirishdi. Dastlab startga kanoechimiz Nilufar Zokirova chiqdi. U 200 metrga o`tkazilgan saralash bosqichida 49.686 soniya natija bilan o`z guruhida marraga 6-o`rinda etib keldi. Endi Zokirova yarim final uchun kurashni davom ettiradi. Bu haqda Turizm vatsport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Biroz avval yana bir kanoechimiz Dilnoza Rahmatova ham saralash dasturidagi birinchi startini tugatdi. Hamyurtimiz 4-saralash guruhida 47.716 soniya natija bilan marraga beshinchi bo`lib etib keldi.
Musobaqa reglamentiga ko`ra, dastlabki ikki o`rinni egallagan sportchilar to`g`ridan-to`g`ri yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritishsa, qolgan sportchilar qo`shimcha yo`llanmalar uchun kurashni davom ettiradi. Jumladan, Rahmatova ham yarim final uchun kurashni davom ettiradi.






