AsosiySport

Tokio-2020: Bahodir Jalolov finalga chiqdi

'Tokio-2020:  Bahodir Jalolov finalga chiqdi'ning rasmi

Hozirgina Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarida boks bo`yicha eng og`ir vazn toifasida yarim final janglari o`tkazildi.

+91 kg vazn toifasidagi vakilimiz, Osiyo va jahon chempioni Bahodir Jalolov yarim finalda britaniyalik Freyzer Klarkka qarshi ringga chiqdi.

Jang davomida hamyurtimiz katta ustunlikka erishdi va muddatidan avval g`alabani qo`lga kiritdi. 3-raundda Klark jarohat olib, jang to`xtatildi. Bu paytda Jalolov ishonchli hisob bilan g`alabaga erishayotgan edi va tabiiyki finalga yo`l oldi.

Endi hamyurtimiz finalda qozog`istonlik azaliy raqibi Kamshibek Konkabaev hamda AQSh vakili Richard Torreslar o`rtasidagi jang g`olibiga qarshi ringga chiqadi.

    Boshqa yangiliklar