Pokistonning Lahor shahrida yuz bergan teraktlarga aloqadorlikda gumonlanib, 50 nafar shaxs qo`lga olingan. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.
Gumonlanuvchilardan qurollar va boshqa shubhali buyumlar olib qo`yilgan.
Ma`lumot uchun, Lahor shahridagi madaniyat va istirohat bog`i yaqinida hudkush-terrorchi o`zini portlatib yuborishi oqibatida 72 nafar kishi halok bo`ldi. 300 dan ortiq pokistonliklar yaralangan. Qurbonlarning aksariyatini bolalar tashkil etmoqda.





