AsosiySport

Tokio-2020: Voronina uzunlikka sakrashda uchinchi yaxshi natijani qayd etdi

'Tokio-2020: Voronina uzunlikka sakrashda uchinchi yaxshi natijani qayd etdi'ning rasmi

Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o`yinlari dasturidan o`rin olgan bugungi bahslarni engil atletikachilarimiz boshlab berishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Xabarga ko`ra, hozirgina ayollar o`rtasidagi etti kurash bahslarining uzunlikka sakrash musobaqalari ham o`z yakuniga etdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada ishtirok etayotgan sportchimiz Ekaterina Voronina o`zining sevimli dasturlaridan biri bo`lgan uzunlikka sakrash bahslarida 6.11 metr natija qayd etib, o`z guruhida 3-o`rinni, umumiy hisobda esa 11-o`rinni egalladi.

Ushbu ko`rsatkich orqali sportchimiz o`z hisobiga yana 883 ochko yozib qo`ydi. Shu tariqa Voronina etti kurashning beshta bosqichidan keyin 4471 ochko bilan 19-pog`onani egallab turibdi.

Eslatib o`tamiz, ushbu yo`nalishda bahslarga 24 nafar atlet kirishgan edi. Ulardan to`rt nafari esa musobaqadan chiqib ketishdi.

Oldinda E.Voroninani musobaqa dasturidan o`rin olgan nayza uloqtirish hamda 800 metrga yugurish bahslari kutib turibdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar