AsosiySport

Tokio-2020: Shapiev bronza uchun kurashni davom ettiradi, Abdullaev uchun olimpiada tugadi

'Tokio-2020: Shapiev bronza uchun kurashni davom ettiradi, Abdullaev uchun olimpiada tugadi'ning rasmi

XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarining erkin kurash bahslarida kecha ikki nafar vakilimiz mag`lubiyatga uchrashgan, ammo raqiblarining finalga yo`l olishi natijasida ularda brona medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo`ldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

-86 kg vazn toifasidagi polvonimiz Javrail Shapiev o`tish bosqichining ilk bellashuvida shveysariyalik Stefan Raytmut ustidan 5-1 hisobida g`alaba qozondi va endi bronza medali uchun Rossiya Olimpiya qo`mitasi nomidan qatnashayotgan uch karra Evropa chempioni, jahon chempionati sovrindori Artur Naifonov bilan bellashadi.

Yana bir vakilimiz G`ulomjon Abdullaev esa afsuski chorak finaldagi alamli mag`lubiyatdan keyin o`ziga kelib ulgurmagan shekilli, o`tish bahsida AQSh vakili Tomas Patrik Gilmanga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa yosh polvonimiz uchun Olimpiya o`yinlari tugadi.

    Boshqa yangiliklar