Olimpiya o`yinlari dasturidan o`rin olgan engil atletikaning balandlikka sakrash yo`nalishida bugun saralash bahslari o`tkazildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu yo`nalishda vatanimiz sharafini ikki nafar sportchimiz himoya qildi. O`zining to`rtinchi olimpiadasida qatnashgan tajribali Svetlana Radzivil Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari bilan xayrlashdi. U saralash bahslarida 1.93 metrlik balandlikdan o`ta olmadi.
1.90 metr balandlikni 3-urinishida zabt etgan Radzivil o`z guruhida 10-o`rinni egalladi.
Ushbu dasturda qatnashgan ikkinchi vakilamiz Safina Sa`dullaeva esa final yo`llanmasini qo`lga kiritdi. U saralashda 1.95 metr natija qayd etdi. Final bahslari 7 avgust kuni o`tkaziladi.






