O`zbekistonlik erkin kurashchi Javrail Shapiev bronza medali uchun bellashdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Tokioda davom etayotgan Olimpiya o`yinlarining bugungi dasturini erkin kurashchimiz Javrail Shapiev yuqori notada yakunlab berishi mumkin edi. Ammo, sportchimiz -86 kg vazn toifasida bronza medali uchun kechgan bahsda imkoniyatni boy berdi. U bu yo`lda Rossiya Olimpiya qo`mitasi sharafini himoya qilgan Artur Naifonovning qarshiligini enga olmadi.






