Tokio yozgi Olimpiya o`yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov -74 kg vazn toifasidagi o`tish bosqichida muvaffaqiyat qozondi. Natijada hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo`ldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Gvineya-Bissau vakili Augusto Midanaga qarshi kechgan bellashuv hamyurtimizning to`liq ustunligida o`tdi va Abdurahmonov 10-0 hisobida g`alaba qozondi. Endi u kechki dasturda bronza medali uchun qozog`istonlik Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi.
Ma`lumot uchun, 2018-yilgi Osiyo o`yinlarida Bekzod oltin, uning bo`lajak raqibi esa kumush medalga sazovor bo`lgan. Demakki, ruhiy ustunlik Abdurahmonov tomonida va buni gilamda ham isbotlash kerak.






