Onalar emizishni COVID-19 kasalligi va emlashdan keyin davom ettirishi mumkinmi? JSST mutaxassislari javob berdi

Salomatlik 06.08.2021, 22:12
Onalar emizishni COVID-19 kasalligi va emlashdan keyin davom ettirishi mumkinmi? JSST mutaxassislari javob berdi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari ma`lum qilishicha, onalar emizishni COVID-19 kasalligida ham, emlashdan keyin ham davom ettirishi mumkin.

Tadqiqotlarga ko`ra, bu kasallikni keltirib chiqaradigan SARS-CoV-2 virusi ona sutida topilmagan. Onani emlash ham bolaga hech qanday xavf tug`dirmaydi.

Bundan tashqari, JSST mutaxassislarining fikriga ko`ra, emlashdan so`ng ona sutida koronavirusga qarshi antitanalar topilgan, bu esa, aksincha, bolani kasallikdan himoya qila oladi. JSST emizikli onalarni emlashga va emizishni davom ettirishga chaqiradi.

«Ona sutida chaqaloqni nafas olish muammolaridan himoya qiladigan antitanalar va boshqa immunologik elementlar mavjud. Bolaning o`sishi, rivojlanishi va sog`lig`i uchun emizishni muhimligini tasdiqlovchi ko`plab dalillar mavjud, shuningdek, u semirib ketish va yuqumli bo`lmagan kasalliklarning oldini oladi», – deydi JSSTning Evropa mintaqaviy byurosi mamlakat strategiyasi va sog`liqni saqlash tizimlari direktori Natasha Assopardi-Muskat.

JSST mutaxassislari COVID-19 bilan kasallangan emizikli onalarga ovqatlanish vaqtida niqob taqib yurishni, bolani ushlamasdan oldin qo`llarini sovun va suv bilan yaxshilab yuvib tashlashni va tegib turgan yuzalarni muntazam dezinfeksiya qilishni tavsiya qiladilar.

JSSTning Evropa mintaqasi emizish darajasi bo`yicha dunyoda eng past ko`rsatkichga ega. Evropadagi chaqaloqlarning atigi 13 foizi hayotining birinchi olti oyida faqat ona sutini emadi. Bundan tashqari, mintaqada voyaga etganlarning umumiy sonining atigi uchdan bir qismi to`liq emlash kursidan o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1