Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarida o`n beshinchi kungi musobaqalar boshlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Hamyurtlarimizning ishtirokini esa kanoechi qizlarimiz boshlab berishdi.
Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova juftligi 500 metrga o`tkazilgan yarim final bahslarida 2:09.614 daqiqa natijasi bilan o`z guruhida marraga so`nggi o`rinda etib kelishdi.
Bu natija qizlarimizni medallar uchun kurashish imkoniyatidan mahrum etdi. Endi ular V finalida startga chiqib, Olimpiya o`yinlaridagi yakuniy o`rinlarini aniqlab olishadi.






